Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati
Gallery image 83142
Gallery image 83143
Gallery image 83144
Gallery image 83145
Gallery image 83146
Gallery image 83147
Gallery image 83148
Gallery image 83149
Gallery image 83150
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
05 Fev 2026
10:51

Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 5-Changi saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna Parkent tumanidagi Fizika faniga ixtisoslashtirilgan 11-tayanch davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini jamoatchilik nazorati asosida o‘rganishdi. O‘rganishlar davomida maktabning sport zallari, sport anjomlari va ularning texnik holati, shuningdek, muassasaning obodonlashtirish ishlari holati ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari, maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishilib, kutubxonachilarning ish jarayoni, mavjud kitoblar fondi hamda kutubxona xizmatlari sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maktab direktori va kutubxonachi bilan suhbatlashildi. Jamoatchilik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.