Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYALAR YIG‘ILISHI
Gallery image 83079
Gallery image 83080
Gallery image 83081
Gallery image 83082
Gallery image 83083
Gallery image 83084
Gallery image 83085
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
05 Fev 2026
09:56

DOIMIY KOMISSIYALAR YIG‘ILISHI

      Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining “Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha”, “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha", “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” hamda “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyalar yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishlarda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 15-sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularning ijrosi, amalga oshirilish holati va kutilgan natijalari to‘g‘risida mas’ullar axborot va xisobot berdilar. Shuningdek, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, iqtisodiy islohotlarni
jadallashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ekologik uammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Pirovardida sessiyaga kiritiladigan masalalar
yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.