Barcha yangiliklar
Ijtimoiy soha muassasalari o‘rganildi
Gallery image 82854
Gallery image 82855
Gallery image 82856
Gallery image 82857
Gallery image 82858
Gallery image 82859
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
04 Fev 2026
16:36

Ijtimoiy soha muassasalari o‘rganildi

Ijtimoiy soha muassasalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi 1-Beshyog‘och okrugi deputati Fayzullayeva Malika Yarkunovna, Katta Olmazor mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.Umarov hamda mahallaga biriktirilgan mas’ul A.Raxmatovlar tomonidan mahalla hududida joylashgan ijtimoiy soha muassasalari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim, maktabgacha ta'lim va aholiga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan muassasalarning faoliyati, moddiy-texnik bazasi hamda mavjud shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasalarda uchrayotgan muammolar, jumladan infratuzilma, ta’mirtalab holatlar va aholi murojaatlari tahlil qilindi.

O‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ijtimoiy soha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Mazkur masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar e’tiboriga havola etish maqsadida deputat so‘rovini tayyorlash masalasi muhokama qilindi. Mazkur tadbir aholining ijtimoiy soha xizmatlaridan foydalanish sifati va samaradorligini oshirish, mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.