Barcha yangiliklar
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash - doimiy e’tiborda
Gallery image 82829
ABRAXMATOV NAJMIDDIN ABDURAXMON O‘G‘LI
03 Fev 2026
16:07

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash - doimiy e’tiborda

Xalq deputatlar tuman Kengashi deputatlari Z.Xudoyberdiyeva, K.Shodmonov, D.Mirzayev, O.Xo‘janovlar tomonidan hududlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida ishsiz xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari, kasbga yo‘naltirish, doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash imkoniyatlari o‘rganildi.

Shuningdek, tadbirkorlikka qiziqish bildirayotgan xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar, kasbiy o‘quv kurslari va davlat dasturlari haqida tushunchalar berildi.