Barcha yangiliklar
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
Gallery image 82757
Gallery image 82758
Gallery image 82759
Gallery image 82760
Gallery image 82761
Gallery image 82762
Gallery image 82763
Gallery image 82764
Gallery image 82765
Gallery image 82766
Gallery image 82767
Gallery image 82768
Gallery image 82769
Gallery image 82770
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
04 Fev 2026
15:02

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-Changi saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan Parkent tumanidagi “Olmazor” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ushbu mahallada joylashgan “Ifora” nomli davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda “Yorqin kelajak” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashrif buyurildi. Tashrif jarayonida mazkur muassasalarning kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holati, moddiy-texnik bazasi, isitish tizimi, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishi sifati va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda kelgusida hamkorlikda ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.