Barcha yangiliklar
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
Gallery image 82722
RAMANOVA FIRUZA SAPARBAYEVNA
04 Fev 2026
12:25

MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA

Urganch shahar “Ma’rifatchi” mahallasi hududidagi Hamid Olimjon ko‘chasida 6-o‘rta umumta’lim maktabi joylashgan. Maktabgacha ta’lim muassasasasi ham mavjud. Bunda piyodalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ular, ayniqsa bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan nazorat ishlari olib borildi.

Bugun nazorat natijasiga ko‘ra, mazkur yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joyiga yo‘l (zebra) chiziqlari chizish ishlari olib borilmoqda.