Barcha yangiliklar
Murojaatlar o'rganilmoqda
Gallery image 82719
Gallery image 82720
Gallery image 82721
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
04 Fev 2026
12:37

Murojaatlar o'rganilmoqda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Muradova tomonidan Qo'rg'oncha mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi. 

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Murojaatlarning aksariyat qismi bolalar nafaqasini tayinlash, hujjatlarni rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar hamda ijtimoiy yordam masalalari bilan bog‘liq bo‘ldi. 

Deputat tomonidan har bir murojaat alohida qayd etilib, ularni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar tomonidan elektr energiya va sport maydoni qurush masalasida takliflarini bildirdi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, nazorat talab etadigan murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olindi.