Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 82714
Gallery image 82715
Gallery image 82716
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
04 Fev 2026
11:51

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Avval xabar qilinganidek, “Mirishkor” mahallasi “Rohat” ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman Kengashi deputati Gulsara Rizayeva tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan edi.

O‘rganishlar jarayonida mazkur hududda ichimlik suvi quvuri yorilgani aniqlanib, ushbu muammoni bartaraf etish yuzasidan Boyovut tumani "Suvta'minot" davlat unitar korxonasiga deputat so‘rovi yuborilgan.

Bugungi kunda deputatning sa’y-harakatlari hamda tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilgan amaliy ishlar natijasida “Rohat” ko‘chasidagi ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, aholi xonadonlarining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

Mazkur ishlar hudud aholisining muammolarini ijobiy hal etish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.