Barcha yangiliklar
Deputat – xalq bilan yuzma-yuz muloqotda
Gallery image 82587
Gallery image 82588
Gallery image 82589
Gallery image 82590
Gallery image 82591
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
03 Fev 2026
09:35

Deputat – xalq bilan yuzma-yuz muloqotda

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Tangirov Uktam Ummatkulovich tomonidan “Xo‘jayuz” va “Do‘stlik” mahallalari saylovchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida deputat o‘z faoliyati yuzasidan hisobot berib, amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar va ularning yechimlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot jarayonida saylovchilarning taklif va mulohazalari tinglandi, dolzarb masalalar muhokama qilindi. Eng muhimi, aholi bilan hamkorlikda kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar va aniq rejalar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar xalq bilan bog‘lanish, ishonchni mustahkamlash hamda hududlar rivoji yo‘lida birgalikda harakat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.