Barcha yangiliklar
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
Gallery image 82563
Gallery image 82564
Gallery image 82565
Gallery image 82566
Gallery image 82567
Gallery image 82568
Gallery image 82569
Gallery image 82570
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
04 Fev 2026
09:07

Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili

Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili

Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni shakllantirish, jinoyatchilikka qarshi profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish orqali yosh avlodni har tomonlama yetuk etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Namangan shahar “Obi hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 1-sonli maktabning majlislar zalida o‘quvchilar o‘rtasida giyohvandlik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 7-Nurafshon saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sadikov Sherzod Adilovich, Namangan shahar “Obi hayot” MFY yettiligi hamda 1-sonli XTM profilaktika bo‘yicha katta inspektori, mayor A. Hamrayev ishtirok etdi.