Barcha yangiliklar
Tumanda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar Oliy Majlis Senati ishchi guruhi a’zolari tomonidan nazoratga olindi.
Gallery image 8206
Gallery image 8207
Gallery image 8208
Gallery image 8209
Gallery image 8210
Gallery image 8211
Gallery image 8212
Gallery image 8213
Gallery image 8214
Gallery image 8215
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
23 Apr 2024
09:18

Tumanda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar Oliy Majlis Senati ishchi guruhi a’zolari tomonidan nazoratga olindi.

Oliy Majlis Senati ishchi guruhi a’zolari Ishtixon tumanida bo‘lib, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga qaratilgan ishlar holati bilan tanishdi.

Shundan so‘ng Oliy Majlis Senati ishchi a’zolari, tuman Kengashi raisi, viloyat va tuman Kengashi kotibiyati mudirlari, tuman hokimligi mas’ullari, mahallaga biriktirilgan tuman deputatlari va mahalla faollari bilan mulqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman mas’ullari hamda “Mahalla yettiligi”ga uy sharoitida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning faoliyatini rasmiylashtirish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini kengaytirish, dual ta’lim tizimi asosida ayollarni kasb-hunarga o‘qitish orqali kooperatsiya shaklida bandligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.