Barcha yangiliklar













JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
03 Fev 2026
14:45
Karmana tumanida xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Aminova, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Q. G‘aniyev, tuman Kengashi deputati Karmana tumanidagi “Hazora” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Hazora tekstil” MChJ faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif davomida davlatimiz rahbariyati tomonidan yengil sanoat sohasini rivojlantirish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar ijrosi muhokama qilindi. Ayni kunda korxonada 150 nafar xotin-qiz doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan bo‘lib, asosan futbolka mahsulotlari ishlab chiqarilib, Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinmoqda.
Korxona faoliyati mahallada aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.