Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 82389
Gallery image 82390
Gallery image 82391
Gallery image 82392
Gallery image 82393
Gallery image 82394
Gallery image 82395
Gallery image 82396
Gallery image 82397
Gallery image 82398
Gallery image 82399
Gallery image 82400
Gallery image 82401
XALIMOV MIRZIYODJON MANSURJON O‘G‘LI
03 Fev 2026
13:50

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, Furqat tumani hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tuman hokimi, xalq deputatlari tumani Kengashining deputatlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari ijrosi, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi, qonuniylikni ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, mahalliy byudjet ijrosi, jamoatchilik fikri asosida moliyalashtirilgan loyihalar hamda Kengashning tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

📡 Sessiya jarayonlari Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining Facebook ijtimoiy sahifasi orqali jonli efirda yoritib borildi.