Barcha yangiliklar
Kosonsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli  maktablarda ta’lim tarbiya ishlari o'rganildi
Gallery image 82364
Gallery image 82366
Gallery image 82368
Gallery image 82369
Gallery image 82370
Gallery image 82371
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
02 Fev 2026
11:12

Kosonsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarda ta’lim tarbiya ishlari o'rganildi

 Joriy
yilning 2 fevral kuni Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi raisi hamda 20-Mahdumi
A’zam saylov okrugidan deputat J.Abdullaev ishtirokida Tuman hududida joylashgan
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1–4-sonli maktablarda ta’lim-tarbiya
ishlari, maktablarni isitish tizimi, maktab o‘quvchilarining darslarga qatnashishi,
yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga
oshirildi.
 

O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor rahbarlar va xodimlar tomonidan xizmat intizomiga rioya
qilinishi, o‘quvchilar davomatini yuritish, ta’lim muassasalaridagi obodonlashtirish
ishlari, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga
amal qilinishiga qaratildi.