Barcha yangiliklar
Aholi bilan uchrashuv
Gallery image 82347
Gallery image 82348
Gallery image 82349
ACHILOVA SAODAT MUXAMEDJANOVNA
03 Fev 2026
10:52

Aholi bilan uchrashuv

 Yangibozor tumanidagi Oltinko‘l mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan
Murojaatnomasi yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq
deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Otajanova, tumandagi mas’ul
tashkilot vakillari
ishtirok etdi.  

Tadbir davomida Prezidentimiz Murojaatnomasida ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim, madaniyat, ma’naviyat, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari Murojaatnomada bayon etilgan g‘oya va tashabbuslar xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, ularni amaliyotga tatbiq etish borasida faol bo‘lish zarurligini qayd etdilar.