Barcha yangiliklar
2 FEVRAL -“BUTUNJAHON SUV-BOTQOQ HUDUDLAR KUNI”
Gallery image 82306
Gallery image 82307
Gallery image 82308
Gallery image 82309
Gallery image 82310
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
03 Fev 2026
09:48

2 FEVRAL -“BUTUNJAHON SUV-BOTQOQ HUDUDLAR KUNI”

Joriy yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekopartiya fraksiyasi va Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti bilan hamkorlikda 2 fevral -“Butunjahon suv-botqoq hududlari kuni” munosabati bilan “Suv-botqoq hududlari – bioxilma-xillik asosi”mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azizbek Akbarov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi vakillari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva, O‘zbekiston Milliy Universitetining professori Oybek Mamarahimovlar tomonidan yig'ilish ishtirokchilariga mazkur ekologik sanaga bag‘ishlangan ma’ruzalar bayon etildi.