Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va tuman Kengashi deputatlari hamkorligi
Gallery image 82292
Gallery image 82293
Gallery image 82294
Gallery image 82295
Gallery image 82296
Gallery image 82297
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
03 Fev 2026
09:24

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va tuman Kengashi deputatlari hamkorligi

✅ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati D.Xusanov hamda xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov va tuman Kengashi deputati G.Xusanovalar tumanning “Sharq yulduzi”, "Navro'z" va "Amir Temur" mahallalari hamda “Mash'al” mahallasidagi 61-umumta'lim maktabida bo‘lishdi.

✅ Mash'al mahallasida joylashgan 61-umumta’lim maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari va ularga qo‘shimcha o‘tilayotgan tugaraklar faoliyati bilan tanishib deputat o‘zining fikr va takliflarini bildirdi.

✅“Mahalla yettiligi” bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarida tavsiyalar berildi.

✅ Shuningdek, Amir Temur mahallasida xotin-qizlarni bandligini ta’minlash maqsadida tashkil qilingan non va non maxsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Nurobod GOLD VIDE" MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.