Barcha yangiliklar
2026-yil 2-fevral kuni Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdan tashqari 18-sessiyasi bo'lib o'tdi.
Gallery image 82255
Gallery image 82256
Gallery image 82257
Gallery image 82258
Gallery image 82259
Gallery image 82260
Gallery image 82261
Gallery image 82262
Gallery image 82263
Gallery image 82264
XAITOV AZIMJON ABDUXALILOVICH
02 Fev 2026
19:38

2026-yil 2-fevral kuni Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdan tashqari 18-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya ishida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Boboqolov Sirojiddin Suyunovich, Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Ro‘ziyev Zafar Sharopovich, viloyat va tuman Kengashi deputatlari, Mirzacho‘l tumani hokimi B. K. Mirzakulov, tuman hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada Mirzacho‘l tumani hokimi tomonidan tumanni 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi yuzasidan axborot berildi.

Mazkur dastur doirasida tumanda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Masala yuzasidan deputatlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Sessiya yakunida tegishli qaror qabul qilindi.