Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati
Gallery image 82238
Gallery image 82239
Gallery image 82240
Gallery image 82241
Gallery image 82242
Gallery image 82243
Gallery image 82244
Gallery image 82245
Gallery image 82246
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
02 Fev 2026
19:10

Deputatlik nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida
erishilgan kelishuvlari yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Muzrabot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan loyihalarning amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda
o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
 

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputatlari M.Ramazonov va S.Jumayevalar o‘zlari saylangan saylov okruglarida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.03.2024 yildagi PQ-141-sonli qaroriga asosan “Darband” va “Fidokor” mahallalarida amalga oshirilayotgan loyihalarning bjarilish xolatini o‘rgandilar O‘rganish davomida deputatlar tomonidan mas’ullarga qurilish ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.