Barcha yangiliklar
Navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Gallery image 82231
Gallery image 82232
Gallery image 82233
Gallery image 82234
Gallery image 82235
Gallery image 82236
Gallery image 82237
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
02 Fev 2026
19:14

Navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Toyloq tumanidagi “Yangi hayot” mahallasida aholi o‘rtasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi maslahatchisi F. Mirbabayev, shuningdek, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev, hokimlik vakili N.Mamarayimovlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Prezidentimizning Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mahalla tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilariga davlat tomonidan aholining turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.