Barcha yangiliklar





G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
02 Fev 2026
19:08
Tuman Kengashi deputati Aminova Matluba Muxammadiyevna Charog‘bon mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
25-Yangi Toyloq saylov okrugidan saylangan deputat M. Aminova Charog‘bon mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalladagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati muhokama qilindi, shuningdek, Charog‘bon mahallasini “qizil hudud”dan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Deputat fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berdi va mahallaning ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab oldi.
Tuman Kengashi deputati
M. Aminova