Barcha yangiliklar
❗️ Bugun – onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
Gallery image 81983
Gallery image 81984
Gallery image 81985
Gallery image 81986
Gallery image 81987
Gallery image 81988
Gallery image 81989
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
31 Yan 2026
16:37

❗️ Bugun – onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

 Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari faol ishtirok etib kelmoqda. Deputatlar tomonidan aholining murojaatlari, taklif va tashabbuslarini joyida o‘rganish, fuqarolarni onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bilan yaqindan
tanishtirish hamda ularga amaliy ko‘mak berish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
 

Shuningdek, deputatlar ishtirokida aholining ijtimoiy faolligini oshirish, raqamli xizmatlardan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy xabardorligini kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bu esa aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. 

Shu munosabat bilan, barcha fuqarolardan bugun – onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni ekanligini inobatga olib, belgilangan muddatdan kechikmasdan ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.