Barcha yangiliklar
Tuman Kengashi deputati ishtirokida muammoli oilalar bilan  profilaktik suhbat
Gallery image 81911
Gallery image 81912
Gallery image 81913
Gallery image 81914
Gallery image 81915
Gallery image 81916
Gallery image 81917
Gallery image 81918
Gallery image 81919
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
31 Yan 2026
12:11

Tuman Kengashi deputati ishtirokida muammoli oilalar bilan profilaktik suhbat

 Jalaquduq tumani Toshloq, O`zbekiston MFY hududida ajrim yoqasiga kelib qolgan, sha`riy nikoh asosida yashab kelayotgan, turli nizo va kelishmovchiliklar mavjud bo`lgan, shuningdek janjalkash oilalar bilan
profilaktik suhbatlar o`tkazildi. Ushbu suhbatlarda MFY raislari M.Alimjanova va N.Zohidovalar, shuningdek tuman Kengashi deputati Turg`unova Mohidilxon ishtirok etdilar.
Suhbat davomida oilalarda yuzaga kelayotgan nizo va kelishmovchiliklarning asosiy sabablari atroflicha o`rganilib, ajrimga olib kelayotgan omillar tahlil qilindi. Oila a`zolariga o`zaro hurmat, sabr-toqat, bir-birini tinglash va muammolarni muloqot orqali hal etishning ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek, sha`riy nikoh asosida yashab kelayotgan
fuqarolarga nikohni qonun doirasida rasmiylashtirish, oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solish, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan keng tushunchalar berildi. Bunday uchrashuvlar oilalarni saqlab qolish, jamiyatda sog`lom ma`naviy muhitni ta`minlashga qaratilgani ta`kidlandi.