Barcha yangiliklar
Aholi salomatligi e`tibor markazida: Delvarzin OSHPda profilaktik tibbiy ko`rik bo`yicha suxbat
Gallery image 81903
Gallery image 81904
Gallery image 81905
Gallery image 81906
Gallery image 81907
Gallery image 81908
Gallery image 81909
Gallery image 81910
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
31 Yan 2026
12:02

Aholi salomatligi e`tibor markazida: Delvarzin OSHPda profilaktik tibbiy ko`rik bo`yicha suxbat

 Tuman Kengashi deputati Turgunova Mohidilxon Delvarzin OSHPga tashrif buyurib, hududda yashovchi aholi o`rtasida 2026-yilda belgilangan tibbiy ko`rikdan o`z vaqtida o`tib olish masalalari yuzasidan targ`ibot va tushuntirish ishlarini olib bordi. Uchrashuv davomida aholiga sog`liqni saqlashning
ahamiyati, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olishda profilaktik tibbiy ko`riklarning o`rni haqida batafsil ma`lumotlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning tibbiy ko`rikdan to`liq va o`z vaqtida o`tishi nazoratga olinib, ushbu jarayonda yuzaga kelayotgan muammo va takliflar o`rganildi.
Tuman Kengashi deputati tibbiy muassasa xodimlari bilan ham suhbatlashib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish, tekshiruvlarni tizimli tashkil etish va har bir fuqaroning qamrab olinishini ta`minlash bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berdi. Bu kabi tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash va sog`lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilishi ta`kidlandi.