Barcha yangiliklar







G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
22 Yan 2026
18:10
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 19-sessiyasi bo‘lib o‘z ishini boshladi.
Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari, tuman hokimligi axborot xizmati hamda “Qo‘shchinor” gazetasi xodimlari ishtirok etishmoqda.
Sessiya ishini sessiya raisi Dilafro‘z Ulug‘boyev olib bormoqda.
Sessiya ishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.