Barcha yangiliklar
Ekologik ta’lim-tarbiya – muhim jarayon.
Gallery image 81606
Gallery image 81607
Gallery image 81608
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
30 Yan 2026
16:32

Ekologik ta’lim-tarbiya – muhim jarayon.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 434-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Bekobod shahar 16-sonli maktabda tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputatlari, “Ekologik” partiyasi guruhi a’zolari Marxabo Xoliqova va Zamira Turdibekovalar ishtirok etdilar. Deputatlar ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib borayotganligi bois so‘nggi yillarda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda atrof muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ma’rifat masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, ekologik ta’limning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ushbu o‘ta jiddiy, hayotiy masalalarga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qo‘shishi zarurligi bilan belgilanishini ta’kidladilar. O‘quvchi yoshlar tomonidan sahna ko‘rinishlari orqali ona tabiatimizni asrash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish yuzasidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.