Barcha yangiliklar
“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”
Gallery image 81595
Gallery image 81596
Gallery image 81597
Gallery image 81598
QURBONOV JAMOLIDDIN XAYITQUL O‘G‘LI
30 Yan 2026
16:06

“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?”

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlarning ekologiyaga oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur tanlov doirasida joriy yilning 28-yanvar kuni Bo‘ka tumanidagi 27-maktabda ko‘rik-tanlovning yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Yakuniy bosqichga ko‘ra:

1-o‘rinni 27-maktab 🥇

2-o‘rinni 26-maktab🥈

3-o‘rinni 24-maktab 🥉 jamoalari egalladi.

Tanlovda xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputatlari D.Po‘latov, A.Nishonov, J.Xamidov, tuman Ekologiya, atrof muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi xodimlari, ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirok etishdi.