Barcha yangiliklar
Sport maktablaridagi sharoitlar tahlil qilindi
Gallery image 81392
Gallery image 81393
Gallery image 81394
Gallery image 81395
Gallery image 81396
Gallery image 81397
Gallery image 81398
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
30 Yan 2026
09:55

Sport maktablaridagi sharoitlar tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi O‘razaliyeva Muqaddas O‘ktamovna Zomin tumani Sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif davomida sport maktabidagi mashg‘ulot zallari, sport jihozlarining holati, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining tashkil etilishi, shuningdek, yosh sportchilar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Mavjud infratuzilma imkoniyatlari, ta’mirtalab joylar hamda sport turlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolar joyida o‘rganildi.

Deputat sport maktabi rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan suhbatlashib, sport sohasini yanada rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.