Barcha yangiliklar
Deputat Z. Mullajonov Taraqqiyot MFYda sayyor qabul o‘tkazdi
Gallery image 81256
Gallery image 81257
Gallery image 81258
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
29 Yan 2026
18:38

Deputat Z. Mullajonov Taraqqiyot MFYda sayyor qabul o‘tkazdi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, Zarbdor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Z.Mullajonov "Taraqqiyot" mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etdi.
Qabul davomida fuqarolar o‘z murojaatlari bilan deputatga murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Jumladan, aholining ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
Deputat Z.Mullajonov bildirgan muammolarni tegishli tartibda o‘rganish, mas’ullarga vazifalar belgilash va yechim topish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Mazkur sayyor qabul aholi bilan bevosita muloqotni rivojlantirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda mahalla hayotida ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.