Barcha yangiliklar
Taraqqiyot mahallasida aholi murojaatlari tinglandi
Gallery image 81190
Gallery image 81191
Gallery image 81192
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
29 Yan 2026
17:39

Taraqqiyot mahallasida aholi murojaatlari tinglandi

Zarbdor tumanidagi "Taraqqiyot" mahalla fuqarolar yig'ini binosida fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari T.Qodirov hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Sh.Roziyev qatnashdi.
Muloqot jarayonida mahalladagi ijtimoiy muhit, yoshlar tarbiyasi, ta’lim tizimida mavjud masalalar, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish hamda muammolarni barvaqt aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, aholi tomonidan infratuzilma, obodonlashtirish ishlari, ta’lim muassasalari faoliyati va bolalar tarbiyasiga oid bildirilgan taklif hamda muammolar muhokama qilindi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul idoralarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Ushbu uchrashuv fuqarolarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mahalladagi barqarorlikni mustahkamlash hamda aholi duch kelayotgan masalalarga amaliy yechimlar ishlab chiqishga xizmat qildi.