Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati
Gallery image 81132
Gallery image 81133
Gallery image 81134
Gallery image 81135
Gallery image 81136
Gallery image 81137
Gallery image 81138
Gallery image 81139
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
29 Yan 2026
17:19

Deputatlik nazorati

Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-Tolbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan o‘zi saylangan okrugdagi “Fayzobod” mahallasida joylashgan 55-umumiy o‘rta ta`lim maktabida “Tashabbusli budjet” ning 2025 yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha (Faollar zali qurish va jihozlash) bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Xalq vakili qurilish ishlarining sifati, ajratilgan mablag‘larni o‘z o‘rnida, maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratdi. O‘rganish yakunida quruvchilar obektlarni belgilangan muddatlarda talab darajasida topshirilishi to‘g‘risida ma’lum qilishdi.