Barcha yangiliklar
Uch avlod uchrashuvi
Gallery image 80987
Gallery image 80988
Gallery image 80989
Gallery image 80990
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
29 Yan 2026
11:17

Uch avlod uchrashuvi

 Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 10-okrug deputati Alimov Navruz Raxmonberdiyevich “Beruniy” mahallasida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida ishtirok etdi. 

Tadbirda mahalla hududida istiqomat qilib kelayotgan, faol nuroniylar hamda tuman Kengashi deputati ibratli hayot yo‘llari yoshlarga namuna sifatida taqdim etildi. 

Samimiy muloqotlar jarayonida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, oilani mustahkamlash, uning jamiyatdagi nufuzini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uzoq yillar davomida ahil va totuv hayot kechirib kelayotgan oila vakillari yoshlar bilan o‘z hayotiy tajribalari, farzand tarbiyasida muhim bo‘lgan jihatlar yuzasidan fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdilar.