Barcha yangiliklar
Jalaquduq tumanida tibbiy ko`rik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi
Gallery image 80958
Gallery image 80959
Gallery image 80960
Gallery image 80961
Gallery image 80962
Gallery image 80963
Gallery image 80964
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
29 Yan 2026
10:56

Jalaquduq tumanida tibbiy ko`rik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi

 Aholi o`rtasida tibbiy ko`rik madaniyatini rivojlantirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va sog`lom turmush tarzini targ`ib etish maqsadida J.Olamushuk shifoxonasida targ`ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda tuman Kengashi deputatlari F.Abdullaeva, Yo.Tadjibaeva hamda O`zbekiston Ekologik partiyasi Jalaquduq tuman Kengashi raisi G.Kasimova, tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining "Onalik va bolalik " bo`yicha o`rinbosari T.Alimaxunovlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida aholi salomatligini muhofaza qilish, muntazam tibbiy ko`rikdan o`tishning ahamiyati, kasalliklarning oldini olishda profilaktikaning o`rni haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan sog`lom hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi. Bunday tadbirlar aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish va jamiyatda sog`lom muhitni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.