Barcha yangiliklar
Muhokama
Gallery image 80894
Gallery image 80895
Gallery image 80896
Gallery image 80897
Gallery image 80898
Gallery image 80899
Gallery image 80900
Gallery image 80901
Gallery image 80902
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
29 Yan 2026
10:12

Muhokama

 Chirchiq shahar hokimligi binosida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari M.Xojayeva va J.Jumayev, shuningdek, Chirchiq shahar, Qibray va Bustonliq tumanlari deputatlari, kotibiyat mudirlari hamda Toshkent viloyati Ekologik partiyasi rahbarlari bilan qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi: 

🔹 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan maqsad va vazifalar muhokama qilinib, ularni joylarda amalga oshirish tug‘risida  

🔹“Tashabbusli budjet – 2026” loyihasidagi yangiliklar, uning mazmun-mohiyati va amalga oshirish mexanizmi 

🔹Deputatlik okruglarida mavjud dolzarb muammolar va aholi murojaatlari 

🔹Shahar va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ekologiya, infratuzilma va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish masalalari 

Muhokamalar ochiq va amaliy ruhda o‘tdi. Deputatlar tomonidan joylardagi real muammolar, aholi takliflari va tashabbuslari o‘rtaga qo‘yildi, ularni qonunchilik va davlat dasturlari doirasida hal etish bo‘yicha fikr almashildi. 

Bunday uchrashuvlar hududlar bilan markaz o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, qarorlarni joylardagi haqiqiy ehtiyojlardan kelib chiqib qabul qilishda muhim ahamiyatga ega