Barcha yangiliklar







TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
28 Yan 2026
18:05
Zarbdor tumanida deputat va prokuror yordamchisi profilaktika inspektori xizmat uyining sharoitlari bilan tanishdi
Zarbdor tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Gaipov hamda tuman prokurorining yordamchisi I.Boybo‘sinov Yangiobod mahallasi profilaktika inspektori A. Abdulxayovning xizmat uyining sharoitlari bilan tanishdilar.
Tashrif davomida mehmonlar xizmat uyidagi sharoitlarni o‘rganib, profilaktika inspektorining faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni muhokama qildilar.
Deputat va prokuror yordamchisi mahalliy mutasaddilarga xizmat uyini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berib, hududdagi profilaktika ishlarini samarali tashkil etishning ahamiyatini ta’kidladi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati