Barcha yangiliklar
Zarbdor tumanida deputat, prokuror yordamchisi va “Mahalla yettiligi” vakillari tibbiyot punktida bo‘ldi
Gallery image 80844
Gallery image 80845
Gallery image 80846
Gallery image 80847
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
28 Yan 2026
18:02

Zarbdor tumanida deputat, prokuror yordamchisi va “Mahalla yettiligi” vakillari tibbiyot punktida bo‘ldi

Zarbdor tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Gaipov, tuman prokurorining yordamchisi I.Boybo‘sinov hamda Yangiobod MFY “mahalla yettiligi” vakillari hamkorlikda Yangiobod mahalla tibbiyot punktida bo‘ldilar.
Tashrif davomida mehmonlar tibbiyot punktining ish faolati, aholi uchun ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va mavjud sharoitlar bilan tanishdilar hamda ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha masalalarni muhokama qildilar.
Shuningdek, “mahalla yettiligi” vakillari, deputat va prokuror yordamchisi tibbiyot xodimlariga zarur yordam va resurslarni ta’minlash, shuningdek, aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati