Barcha yangiliklar
2026-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanidagi "Ezgu niyat maydoni" da bo'ldi.
Gallery image 80800
Gallery image 80801
Gallery image 80802
Gallery image 80803
Gallery image 80804
Gallery image 80805
Gallery image 80806
XAITOV AZIMJON ABDUXALILOVICH
28 Yan 2026
17:03

2026-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich Mirzacho'l tumanidagi "Ezgu niyat maydoni" da bo'ldi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich, Mirzacho‘l tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Mirzakulov Botirjon Kazakboyevich, Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Q.Abduqodirov boshchiligida tumanda joylashgan Ezgu niyat maydoniga tashrif buyurdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur maydon bugungi kunda Mirzacho‘l tumanining eng ko‘rkam va zamonaviy maskanlaridan biriga aylangan. Aholi uchun qulay va shinam muhit yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik hamda obodonlashtirish ishlari ushbu maydon timsolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Tashrif davomida mehmonlar maydon hududida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, yaratilgan infratuzilma, shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif do‘stona muloqot, tajriba almashish hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi tashabbus va loyihalar uchun muhim ahamiyat kasb etdi.