Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 80797
Gallery image 80798
Gallery image 80799
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
28 Yan 2026
17:21

Deputat faoliyatidan

 MA’RIFAT – JAHOLATGA QARSHI QALQON! 📚 

  

Xalq
deputatlari Paxtachi tuman Kengashining
deputatlari
R.Magripova hamda
H.Eshmurodovalar tumanidagi 23-umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
o‘tkazishdi.
 

  

Tadbirda soha mutaxassislari ishtirokida bugungi
kunning eng dolzarb masalasi — o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida yot g‘oyalarga qarshi
mustahkam ma’naviy immunitetni shakllantirish mavzusi atroflicha muhokama
qilindi. "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida o‘tgan suhbat
davomida yoshlarni diniy ekstremizm hamda radikalizm xavfidan asrash, ularning
hushyorligini oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
 

  

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish,
ularni sport, hunar va ilm-ma’rifatga yo‘naltirish maktab jamoasi hamda faollar
oldidagi asosiy vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi. Zero, bilimli va
ma’rifatli avlod yurtimizning eng mustahkam tayanchidir!