Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 80754
Gallery image 80755
Gallery image 80756
Gallery image 80757
Gallery image 80758
Gallery image 80759
Gallery image 80760
Gallery image 80761
Gallery image 80762
Gallery image 80763
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
28 Yan 2026
16:37

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tashrif doirasida dastlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gavhar Olimova Boyovut tumani hokimligiga tashrif buyurib, tuman hokimi Niyoz Xazratkulov bilan uchrashdi. Uchrashuvda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shundan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gavhar Olimova, viloyat Kengashi deputati A. Bababekov, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Boyovut tuman Kengashi rahbari X. Jo‘raxolov hamda tuman Kengashi deputatlari X. Berdiyarova va K. Karimovalar birgalikda tumandagi “Madaniyat” mahallasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammo va takliflar, shuningdek aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Keyingi manzil tumandagi bolalar sport maktabi bo‘ldi. Bu yerda sport inshootlarining moddiy-texnik holati, yoshlarni sportga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sport to‘garaklari faoliyati hamda mavjud muammolar o‘rganildi. Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tashrif doirasida A. Navoiy mahallasiga borilib, saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, fuqarolarning taklif va muammolari tinglandi so‘ngra ularni hal etish yuzasidan huquqiy maslaxatlar berildi.