Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 80607
Gallery image 80608
Gallery image 80609
Gallery image 80610
Gallery image 80611
Gallery image 80612
Gallery image 80613
Gallery image 80614
Gallery image 80615
Gallery image 80616
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
28 Yan 2026
13:40

Saylovchilar bilan uchrashuv

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlarining 2026-yilning I yarmi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdimo'minov Hasan Aliqulovich “Bandixon” mahallasida fuqarolar yig'inida o'z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda mahalla yettiligi vakillari, ma’sul tashkilot xodimlari va fuqarolar ishtirok etdi. 

 Shuningdek, deputat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangi tahriri ustida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi hamda jamoatchilik fikrining muhimligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida Strategiyaning davlat boshqaruvi tizimida erishish ko‘zda tutilgan vazifalar muhokama qilindi. Deputat tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishga, davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.