Barcha yangiliklar
DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA
Gallery image 80512
Gallery image 80513
Gallery image 80514
Gallery image 80515
Gallery image 80516
Gallery image 80517
Gallery image 80518
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
28 Yan 2026
10:10

DAVLAT TILI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI AMALDA

Davlat tilining nufuzi va qo‘llanish doirasini kengaytirish, shuningdek, rasmiy ish yuritishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi  PQ-308-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputatlari Mamanova Karomat Xolmanovna, Andaev Axmad Rustamovich hamda tuman hokimi maslahatchisi Shukurov Abdumo'min bilan birgalikda Elektr tarmoqlari korxonasi va Axborot resurs markazida o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tashkilotda yuritilayotgan rasmiy hujjatlar, buyruqlar, xizmat yozishmalari, shuningdek, hududdagi bannerlar va ko‘rgazmali axborot vositalarida davlat tilining imlo va uslubiy me’yorlariga rioya etilishi holati atroflicha tahlil qilindi va ommaviy diktant aksiyasi o‘tkazildi.

Mazkur monitoring ishlari davlat tili siyosatini izchil amalga oshirish, tashkilotlarda rasmiy ish yuritish madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.