Barcha yangiliklar
Mahalla — taraqqiyot tayanchi
Gallery image 80481
Gallery image 80482
Gallery image 80483
Gallery image 80484
Gallery image 80485
Gallery image 80486
Gallery image 80487
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
27 Yan 2026
19:10

Mahalla — taraqqiyot tayanchi

Mahalla — taraqqiyot tayanchi

O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda mahallaning o‘rni va partiya tashkilotlarining mas’uliyati” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi 2–“Barkamol avlod” saylov okrugi deputati Bahodir Xalilov, O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudirlari hamda shahar Kengashi apparati rahbari ishtirok etdi.

Ishchi guruh Yakkatut va Objuvoz MFYlarida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash holati hamda mavjud muammolarni o‘rgandi. Xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar murojaatlari tinglandi.

Uchrashuvlar davomida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, aholi bandligi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va partiya tashkilotlarining mas’uliyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.