Barcha yangiliklar
“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida
Gallery image 80476
Gallery image 80477
Gallery image 80478
Gallery image 80479
Gallery image 80480
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
27 Yan 2026
19:08

“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida

“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ilhomjon Atabayev tomonidan Boburshoh va Marg‘ilon MFY raislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida o‘tgan davr mobaynida mahallalarda amalga oshirilgan ishlar, jumladan, ijtimoiy sohadagi islohotlar, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi murojaatlari asosida hal etilgan masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan ishlar boshlanganligi haqida ham fikr bildirildi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida Boburshoh hamda Marg‘ilon mahallalarining ichki ko‘chalaridagi eskirgan simyog‘ochlarni yangi beton simyog‘ochlarga almashtirish masalasida amaliy yordam so‘raldi. Mazkur murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olindi.