Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 80436
Gallery image 80437
Gallery image 80438
Gallery image 80439
Gallery image 80440
Gallery image 80441
Gallery image 80442
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
27 Yan 2026
18:01

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

💠“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish — taraqqiyot garovi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi O. Tursunov rahbarligida tuman deputatlari hamda tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Strategiyada davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish borasida belgilangan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mazkur Strategiyaning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholining farovonligini oshirish hamda davlat va jamiyat boshqaruvida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishdagi ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tildi.

Deputatlar tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimini izchil rivojlantirish va ochiqlik hamda samaradorlikni kuchaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.