Barcha yangiliklar
Bo‘stonliq tumani hokimligida “Sea Breeze Uzbekistan” investitsiya loyihasi yuzasidan jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 80392
Gallery image 80393
Gallery image 80394
Gallery image 80395
Gallery image 80396
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
24 Yan 2026
17:32

Bo‘stonliq tumani hokimligida “Sea Breeze Uzbekistan” investitsiya loyihasi yuzasidan jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.

🔷Ttadbirda mahalliy va xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, jamoatchilik faollari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi. 

🔷Tadbir davomida “Sea Breeze Uzbekistan” loyihasining amaldagi ekologik standart va talablarga to‘liq mos holda amalga oshirilishi, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik, tabiiy landshaft va bioxilma-xillikni asrash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Loyiha doirasida ekologik monitoring tizimi yo‘lga qo‘yilishi, zamonaviy “yashil texnologiyalar”dan foydalanilishi haqida ma’lumotlar berildi.

🔷Jamoatchilik eshituvi jarayonida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar hamda loyiha tashabbuskorlari tomonidan javoblar berildi. Bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda loyiha jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilishi ta’kidlandi.