Barcha yangiliklar







XAYDAROV ABDUG‘ANI ABDUSAMIYEVICH
27 Yan 2026
14:55
Deputat L.Ilyasova tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Deputat L.Ilyasova tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qaroriga asosan, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L.Ilyasova o‘z saylov okrugidagi Davlatobod mahallalari raislari hamda “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganilib, 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi kelishib olindi.
Shuningdek, deputat tomonidan mahallalarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.