Barcha yangiliklar
Ta'lim maskanida qurilish taʼmirlash ishlari nazoratga olindi.
Gallery image 80323
Gallery image 80324
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
27 Yan 2026
16:23

Ta'lim maskanida qurilish taʼmirlash ishlari nazoratga olindi.

12-Xayrabod saylov okrugidan deputat A.Muxtarov saylov okrugidagi Shanba MFY raisi bilan birgalikda hududda joylashgan 27-umumtaʼlim maktabida boʻlib, Islom Taraqqiyot banki va OPEK loyihasi asosida mukammal taʼmirlash doirasida hozirda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Hozirgi kunda bu taʼlim dargohida qurilish -taʼmirlash ishlari qizgʻin pallaga kirgan. Maktabda amalga oshirilayotgan taʼmirlash ishlari yuzasidan maktab mutasaddilariga oʻzining taklif va tavsiyalarini bildirdi.