Barcha yangiliklar
#targ'ibot #uchrashuv
Gallery image 80185
Gallery image 80186
Gallery image 80187
Gallery image 80188
Gallery image 80189
Gallery image 80190
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
20 Yan 2026
10:13

#targ'ibot #uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnoma hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova, shahar deputatlari Sanjar Mamayusupov, Faxriddin Matasimov, Nargiza Atakulova hamda Lenura Baydullayeva, "Saxovat" mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar hamda tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova va deputat Lenura Baydullayeva tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi farovonligini oshirish, inson qadrini ulug‘lash, ta’lim-tarbiya va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, mahalla institutini yanada mustahkamlash borasida belgilangan ustuvor vazifalar haqida gapirib o'tdi.