Barcha yangiliklar
Tashabbusli byudjet jarayonlarida ochiqlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan yangi moliyalashtirish mexanizmlari joriy etilmoqda
Gallery image 80123
Gallery image 80124
Gallery image 80125
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
26 Yan 2026
19:09

Tashabbusli byudjet jarayonlarida ochiqlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan yangi moliyalashtirish mexanizmlari joriy etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda tashabbusli byudjet jarayonlarida “birgalikda moliyalashtirish” amaliyotini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Masala yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti siyosati departamenti bosh boshqarma boshlig‘i Choriyev Ulug‘bek Shavkatovich ma’ruza qilib, mazkur qaror tashabbusli budjet jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, moliyalashtirishni yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Mahalliy budjet va boshqa manbalar ishtirokida “birgalikda moliyalashtirish” mexanizmini joriy etish nazarda tutilgan bo‘lib, bu hududlarda ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni samarali moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.