Barcha yangiliklar
Aholini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olish bo`yicha targ`ibot ishlari olib borilmoqda
Gallery image 80060
Gallery image 80061
Gallery image 80062
Gallery image 80063
Gallery image 80064
Gallery image 80065
Gallery image 80066
Gallery image 80067
Gallery image 80068
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
26 Yan 2026
16:45

Aholini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olish bo`yicha targ`ibot ishlari olib borilmoqda

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olish tadbirini o`tkazish to`g`risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur farmon ijrosini o`rganish, uning ahamiyatini aholiga keng tushuntirish hamda ro`yxatga olish jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirokini ta`minlash maqsadida tuman Kengashi deputatlari tomonidan aholi o`rtasida targ`ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Targ`ibot ishlari davomida deputatlar aholini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati,
uning natijalari kelgusida hududlarni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi haqida batafsil ma`lumot bermoqdalar. Shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, ro`yxatga olish jarayoni shaffof va qonun doirasida amalga oshirilishi ta`kidlanmoqda.
Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy ongini oshirish, davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda faol ishtirok etishini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.